audio

    0+
    “Mutolaa” loyihasi

    “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premerasi yuzasidan

    Loyiha Yoshlar ishlar agentligi tomonidan AT “Xalq banki” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

    Loyihaning maqsadi: O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitob o‘qish va uning targ‘ibotini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini jamlab aholi, jumladan, yoshlar uchun elektron, audio va video variantlarda bepul foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.

    Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-380-son qarori hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni.

    “Mutolaa” loyihasi doirasida 1100 dan ortiq kitoblar (badiiy asar, hikoya, ertak va ilmiy ommabop asarlar)ning audio va elektron variantlari tayyorlanib, mobil ilovaga joylashtirildi. Mazkur loyiha aholi, ayniqsa yoshlar orasida ommalashib, bugungi kunga qadar 277 mingdan ortiq kitobxon ushbu mobil ilovadan foydalanmoqda.

    Loyiha doirasida kitobxonlik sohasida yangi yo‘nalish hisoblangan kino-kitob yaratish bo‘yicha dastlabki ish sifatida “Qo‘rqma” kitobi uchun badiiy hujjatli film suratga olindi. Ushbu badiiy filmni xorijiy davlatlarda ham ommalashtirish maqsadida mazkur asar 4 ta xorijiy tillarga (ingliz, rus, turk va ispan) tarjima qilindi.

    Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha “Kichkina Shahzoda” va “Dahshat” asarlariga badiiy hujjatli filmlar suratga olindi.

    Loyiha doirasida 2024-yil yakuniga qadar 1 milliondan ortiq kittobxonlarni kashf qilish rejalashtirilgan.

    • view_icon 249