audio

    0+
    Matbuot anjumani

    Joriy yilning 25-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

    Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma’lumot


    Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 9 452 ta mahallada 8,3 mln nafar “yoshlar balansi”ni shakllantirish orqali ularni kasb-hunar va chet tillariga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha joriy yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

    1.  Davlat idoralarining 7 963 nafar rahbarlariga alohida ishlash talab etiladigan 123 281 nafar yoshlar nomma-nom biriktirilib, bugungi kunda rahbarlar tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ularning 81 163 nafariga turli ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatildi.

    Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 18 105 nafar xodimlariga mln yoshlar otaliqqa berilib, ular bilan ishlash uchun 1 372nafardoimiy monitoring qilish bo‘yicha “yoshlar.ijro.uz” yagona elektron platformasiishga tushirildi

     

    II. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 21 ming yoshga “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatildi.

    156 ming nafar yoshlarga dehqonchilik qilishi uchun “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan 60 ming gektar unumdor yer maydonlarini ajratish ishlari boshlandi hamda Respublika komissiyasi va Davlat xavfsizligi xizmati nazorati ostida yerdan unumli foydalanish tashkil etilmoqda.

    Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 9 ming nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi, 22 ming nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitilib, bandligi ta’minlandi.

     

    III. Yoshlarni xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali yuqori daromadli faoliyatga jalb etish maqsadida “Kelajak kasblari” loyihasida 18,6 ming yoshlarning o‘quv markazlardagi kurs xarajatlari to‘lab berildi.

    Shuningdek, ‘‘Ibrat farzandlari’’ loyihasi doirasida 1,2 mln nafardan ortiq yoshlar 22 ta xorijiy tillarni, ‘‘Ustoz AI” loyihasi doirasida 41,3 ming yoshlar 20 ga yaqin zamonaviy kasblarni onlayn o‘rganmoqda.

    Yoshlarga xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlaridan C1 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lgan 5,8 ming yoshga imtihon topshirish xarajatlari qoplab berildi.

     

    IV. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida jami 224 ta (2023 yilda 215 ta) ko‘ngilochar ob’ektlar (tungi klub, kafe-bar, diskoteka), 65 ta (60 ta) “Yoshlar saylgohlari” va 93 ta (85 ta) “Yoshlar ijod ko‘chalari”da tashkil etilgan tanlov va musobaqalarda jami 3 mlnga yaqin yosh qamrab olindi.

    Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da namunaviy “Kreativ park” tashkil etildi. Bunda zamonaviy “Shaxmat klubi”, yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Animatsiya maktabi”, “Ibrat farzandlari”, “Yoshlar nashriyotlari”, “Volontyorlar maktabi”, hamda “Kulolchilik akademiyasi” faoliyati yo‘l qo‘yilib, hozirga qadar 500 ming yosh qamrab olindi.

    Bundan tashqari, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yil davomida o‘tkazish amaliyoti joriy etilib, bugungi kunga qadar 1,2 mln yoshlar ishtirokida “Bo‘zatov – yoshlar ovozi” tanlovi, yengil atletika, stol tennisi, strit vorkaut, shaxmat-shashka musobaqalarining mahalla bosqichlari o‘tkazilib, jami 6,9 mln yosh qamrab olindi (tanlovlar davom etmoqda).

    Kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi orqali 805 mingdan ortiq, “Mutolaa” loyihasi orqali 250 mingdan ortiq yosh qamrab olindi. Yosh kitobxon loyihasining mazkur mavsumdagi respublika bosqichida 1-o‘rin g‘oliblari – Prezident sovg‘asi “Kobalt” avtomashinasi, 2-o‘rin g‘oliblari – 50 mln so‘mdan,  3-o‘rin g‘oliblari – 30 mln so‘mdan, qolgan ishtirokchilar 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    V. Halqaro aloqalar

    15-16 aprel kunlari poytaxtimizda “Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasi doirasida MDHga a’zo mamlakatlarning vakillari ishtirokida Yoshlar kengashi yig‘ilishi, Yoshlar jamoat birlashmalari forumi o‘tkazildi.

    15-18 aprel kunlari Nyu-York shahri (Amerika Qo‘shma Shtatlari)da BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) Yoshlar forumi va uning doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Kattaxanova boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi ishtirok etdi.

    • view_icon 128
    : 2024-04-25 14:07:52