Pulatova Mohichexra Temirovna
2024-03-07 10:50:00 / Zulfiya qizlari
1994-yil 1-fevralda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Buxoro davlat universiteti qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich tayanch doktoranti.
Qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Sharq va g‘arb adabiyotida Amir Temur obrazining qiyosiy tahlili bo‘yicha dolzarb ilmiy tadqiqotlar olib borib, xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda soha mutaxassislari e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
2022-yilda uning muallifligida yaratilgan “Kristofer Marloning “Buyuk Temurlang” asaridagi bosh qahramon fojeasi” nomli monografiyasi chop etilgan.
2022-yilda “Lug‘atdan foydalanish” (“Vocabulary in use”) nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlab, Adliya vazirligining mualliflik guvohnomasini qo‘lga kiritgan.
2023-yilda “Stilistika va matn sharhi” (“Stylistics and interpretation of the text”) nomli o‘quv qo‘llanmasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuqori baholanib, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan.
2021-2023-yillarda Rossiya, Belgiya, Avstraliya, Kanada, Indoneziya, Hindiston kabi davlatlarda hamda mamlakatimizda o‘tkazilgan 30 dan ortiq ilmiy konferensiyalarda o‘zining maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangan.
2022-yilda “Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiy jurnalida chop etilgan “Ibn Arabshohning “Ajoyib al-makdur fi axbori at-Taymur” asarida Amir Temur obrazi” nomli ilmiy maqolasi mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.
2023-yilda Rossiya Federatsiyasining “Образование и наука в XXI веке” xalqaro ilmiy jurnalida “Shekspirning “Romeo va Juletta” asari qahramonlari xarakteri tahlili” mavzusidagi maqolasi chop etilgan.
Adabiyotning she’riyat yo‘nalishida ijod qiladi.
Uning “Qalbimda bahor” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.
“Besh tashabbus – besh imkoniyat” targ‘ibot loyihasi doirasida viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan kitobxonlik yo‘nalishidagi tadbirlarda faol qatnashib, mumtoz adabiyot namunalari va o‘zining she’riy dasturlari bilan chiqishlar qilib kelmoqda.