Imkoniyati cheksiz tadbirkor ayol
2025-03-14 13:00:00 / Yangiliklar

Bugun yurtimizda milliy hunarmandchilik turlarini, kasanachilikni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va shu asosida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Joylarda tadbirkor, ishbilarmon va hunarmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida talay ishlar amalga oshirilmoqda. Buni biz birgina Buxoro shahridagi "Xo‘ja Gʻunjoriy" mahalla fuqarolar yig‘ini misolida ko‘rishimiz mumkin.
🔹 Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayol Feruza Jalilova shu mahallaning Mirdo‘stim ko‘chasida istiqomat qiladi. Ushbu mahalla xotin-qizlar faoli Nodira Boltayeva tomonidan tadbirkor ayolning korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸 Feruza Jalilova imkoniyati cheklangan ayollar ro‘yxatiga kirishiga qaramasdan, mehnat va harakat ortidan o‘ziga o‘xshagan 21 nafar 2-guruh nogironligi bor xotin - qizlarning bandligini ta’minlagan. Ular o‘rtacha oyiga 4-5 mln so‘mgacha daromad topishmoqda.
✅ Ushbu tikuvchilik korxonasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning quvonchlari cheksiz. Nogironlik nafaqasiga qaramasdan, oilalariga qo‘shimcha daromad keltirayotganliklaridan juda ham xursandlar. Ushbu ayollarning faoliyatlari barcha uchun namuna.