Oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish
2025-01-10 18:15:00 / Yangiliklar
2024-yil davomida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasb-hunarlarga oʻqitish, bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka keng jalb qilish, sogʻlom oilani shakllantirish hamda oilalarda maʼnaviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilinib, zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
Tegishli hokim oʻrinbosarlari, boshqarmalar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari, tuman-shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari qatnashgan yigʻilishda, jumladan, quyidagi mavzularda fikr-mulohazalar almashildi, muhokama qilindi:
joriy yilda ishsiz, ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlarni aniqlash, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosining borishi;
ishsiz, ishlash istagini bildirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosining borishi;
xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish;
onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash;
xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda kredit ajratish borasidagi vazifalar ijrosining borishi;
xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining 20 dan ortiq tashkilot va idoralar bilan hamkorlik dasturlari imzolandi.