Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar
2025-01-08 11:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–122-son qaroriga muvofiq, 2024-2025-yillarda tadbirkorlik faoliyati turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi hamda ijroga qaratildi.
Dastur asosida 889 567 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Bunda:
- 284 041 nafar xotin-qizlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitildi, xususan, 154 972 nafari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga, 129 069 nafari tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitildi.
- 257 171 nafari ishga joylashtirildi, 102 544 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida 5 ta tuman tajribasi respublika bo‘yicha ommalashtirildi.
Jumladan, xonadonlarda uchtadan ortiq daromad manbalarini yaratish bo‘yicha Sayxunobod tajribasi, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha Jondor tajribasi, aholi daromadlarini oshirish – xonadonda moliyaviy paketlarini joriy qilish bo‘yicha Nishon, Shofirkon tajribasi, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan kooperatsiyalar tashkil etish bo‘yicha Bog‘dod tajribasi, kashtachilik maktabi va qo‘y junini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Shahrisabz tajribasi ommalashtirildi.
Shuningdek, mahallalarda bo‘sh bino va tadbirkorlar imkoniyatidan foydalanib, 1055 ta Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatlik markazlari ishga tushirildi.
Ularda 26 870 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilib, ularning 10 433 nafarining bandligi ta’minlandi, jarayon davom etmoqda.
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, uning doimiy monitoringini manzilli tahlil qilib borish maqsadida "Xotin-qizlar bandligini ta’minlash” yagona avtomatlashtirilgan monitoring axborot platformasi (www.ayollar-bandligi.uz) ishlab chiqildi.
"Sergeli tajribasi" asosida 138 405 nafar nikohga kirayotgan yoshlar o‘qitildi.
“Ohangaron tajribasi” asosida 27 053 ta oilaviy ajrim bilan bog‘liq nizoli oilalar tiklandi.
13 796 ta nikohi rasmiylashtirilmagan oila nikohi qonuniylashtirildi.
Oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan 208 ta oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish bo‘yicha Namangan, Andijon viloyatlarida “Oila va xotin-qizlar maskani” tashkil etildi. Jizzax viloyatida Oila maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand shahar, Namangan va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarida 32 ta yo‘nalishda oilaviy-huquqiy munosabatlarga doir ishlarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashgan Oila sudyalari tizimi joriy etildi.
“Mas’uliyatli ota-onalik” mezonlari, mahallada oilaviy mediatsiyani joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Qo‘mita huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Oila o‘quv platforma”si – https://oilamalaka.uz sayti ishga tushirildi.
Ehtiyojmand oilalardagi tavsiyanoma olish uchun murojaat qilgan 36 853 nafar talabgor xotin-qizlardan 18 481 nafariga tavsiyanomalar berildi, shundan 1 801 nafari oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.
Besh yil mehnat stajiga ega, oliy ma’lumoti yo‘q 4 587 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berilib, ulardan 398 nafari davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi.
Qo‘mita tavsiyanomasi asosida muhtoj yolg‘iz ayollar va boquvchisini yo‘qotgan og‘ir vaziyatdagi 2 ming nafar talaba xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilmoqda.
Imkoniyat va imtiyozlar natijasida oliy ta’limdagi talabalar orasida xotin-qizlarning ulushi 52,2 foizga yetdi.
Qo‘mita va mas’ul tashkilotlar hamkorligida 50 ming nafar xotin-qizlar axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qitildi. Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yo‘nalishlari qatoriga axborot texnologiyalari yo‘nalishi kiritildi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha 400 dan ortiq Gender maslahat kengashlari idora va tashkilotlar tizimida tashkil etildi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 mln. 265 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 995 239 nafariga tegishli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan,
- ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 548 857 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi;
- 35 968 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun kreditlar ajratildi;
- boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 160 893 nafar xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I- va II-guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan 181 724 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordamlar ajratildi;
- 5 459 nafar xotin-qizlarga turar-joy uchun ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi;
- qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud 61 906 nafar xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, ularning 1 470 nafariga tomorqasidan samarali foydalanishiga ko‘maklashildi, shuningdek, 2 794 nafarining uy-joylarini ta’mirlab berildi.
- 2 056 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar va ularning farzandlariga jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 18 mlrd. 712 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
- 4 647 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va voyaga yetmagan bolalar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida xorijiy davlatlar bilan 4 ta memorandum, 1 ta chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Jahon banki va Yaponiya ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasining grant mablag‘lari ishtirokidagi “Qishloq ayollari iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida ayollar farovonligini oshirish guruhlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga jami 1,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari ajratildi.
O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, umuman, inson qadrini ulug‘lash borasida olib borilayotgan islohotlar xalqaro darajada munosib e’tirof etilmoqda.
Jahon banki tomonidan “Ayollar, biznes va qonun” indeksi bo‘yicha joriy yilda e’lon qilingan hisobotda olib borilgan keng islohotlar natijasida 2024-yilda O‘zbekistonning ushbu reytingdagi o‘rni yanada yaxshilandi. Xususan, mamlakatimizda mehnat munosabatlari va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilib, O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgan.
2024-yilda 158 ta mamlakatda gender tenglikka erishish yo‘lida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash imkonini beruvchi Gender tenglik va boshqaruv indeksi (GEGI) bo‘yicha O‘zbekiston 72,8 ball to‘plab, 2022-yil qayd etilgan 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi.
Ma’rifatli jamiyatni qurishda ma’rifatli onalar rolini keng targ‘ib qilish, ezgu g‘oyalar tashviqotini kuchaytirish, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida ilmiy soha, adabiyot, san’at, ma’naviyat, madaniyat va vakillari faollaridan tarkib topgan Jamoatchilik kengashi tashkil qilindi.
“Yil ayoli” milliy tanlovining repsublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 1 ta oliy o‘rin Gran-pri, 1-2- va 3- o‘rin sohiblari hamda 12 ta turli nominatsiyalar g‘oliblari aniqlanib, belgilangan mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
2024-yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, mavjud kamchiliklarni tahlil etish, shuningdek 2025-yilgi ustuvor vazifalarni belgilab olish hamda Qo‘mita faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida 23-25-dekabr kunlari tuman (shahar) Oila va xotin-qizlarbo‘limlarining, 27-28-dekabr kunlari hududiy Oila va xotin-qizlar boshqarmalarining hisobot yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Ularda qator vazifalar muhokamasi bilan birgalikda: Davlatimiz Rahbarining 2024-yil noyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislarida so‘zlagan nutqlaridagi g‘oya va vazifalarni hayotga tatbiq etish to‘g‘risida;
Shuningdek, 2024-yilda sohada erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilingan holda, 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyat hokimlari o‘rinbosarlari – Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining Murojaatnomasi qabul qilindi.
E’tiboringiz uchun rahmat!