Xalqaro tashkilotlar ishtirokida davra suhbati
2024-11-14 09:45:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, qator vazirliklar, AQSH Tinchlik instituti va “Dialog” Nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Hamjamiyatlar darajasida, genderga sezgirlik yondashuvi asosida reabilitatsiya, reintegratsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun milliy va mahalliy darajadagi manfaatdor tomonlarning salohiyatini oshirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva ishtirok etmoqda.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati