Xalqaro hamkorlik
2024-10-29 10:20:00 / Yangiliklar
Koreya Respublikasining EXIM (Export Import Bank) banki benefitsiarligi ostida amalga oshirilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va malakasini sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etish Texnik-iqtisodiy asoslashga bag‘ishlangan yakuniy hisoboti bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Muloqotda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova hamda Koreya Respublikasining loyihani amalga oshiruvchi mutaxassislari ishtirok etdi.
📍 Uchrashuvda loyihaning borishi haqida o‘zaro muhokama qilindi va kutilayotgan natijalar, amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi.
🌐Facebook (https://www.facebook.com/wcuuzofficial) |🌐Instagram (https://instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi) |🌐Youtube (https://youtube.com/@wcuuzofficial)