O‘zbekiston inson huquqlarini ta’minlash va gender tenglik bo‘yicha mintaqada yetakchi ekanligi qayd etildi
2024-09-02 11:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan inson huquqlari borasidagi islohotlardan xalqaro hamjamiyatni xabardor etish maqsadida mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakolatxonasida qator tadbirlar va muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etdi.