Мahkumalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
2024-06-04 09:30:00 / Yangiliklar
![Мahkumalar bilan uchrashuv tashkil etildi.](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fce1c9cbb-a9b0-440b-d4e4-d82705ad7e3a_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Pastdarg'om tumanida joylashgan 37-son JIEMda jazoni ijro etayotgan mahkumlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z. Raxmanova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari D.Ismailov,
viloyat IIB, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi va mutasaddilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda manzil-koloniya kutubxonasiga 100 dona kitoblar sovgʻa qilindi. Har oy bir marotaba kitobxonlik boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, manzil-koloniyadagi tikuvchilik sexida 20 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlangan.
Viloyat hokimi o‘rinbosari koloniyadagi xotin-qizlarning sharoitlarini o‘rgandi. Ular bilan suhbatlashib, muammolari bilan qiziqdi.
Uchrashuv davomida Sayyor sud boʻlib, jazoni ijro etayotgan 7 nafar mahkumalar ozodlikka chiqarildi.