" Oila Tinchigi va Jamiyat Mustahkamligi " : Urganchda oilaviy qadriyatlar bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
2024-06-03 12:00:00 / Yangiliklar
Urganch shahrida "Oila tinch ekan, jamiyat mustahkam mamlakat barqarordir" mavzusi asosida Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha komissiya aʼzolari hamda Oqila ayollar harakati aʼzolari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi aʼzosi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i shuningdek, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.