Inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigalarga chora ko‘rildi
2024-12-23 15:15:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan brigadalarning inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida aholi xonadonlarini elektr ta’minoti bilan ta’minlovchi 4004-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV havo tarmog‘ida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlar bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoidalari ta’lablariga rioya qilmagan holda ishlayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.
