Toshkent shahrida metalni qayta ishlash zavodi 26,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi
2024-12-11 10:00:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, DXX, Bosh prokuratura, Ichki ishlar boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan "K.Y.A." MChJga qarashli metalni qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.