“TURON” maktab teatri tanlovining ENG SARA spektakllarini YouTube orqali tomosha qilish imkoniyati yaratildi
2024-08-21 13:25:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning aprel-iyul oylarida “Turon” maktab teatri tanlovi tashkil etildi.
Unda 101 ming nafardan ortiq o‘quvchilar, 12 mingdan ortiq jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Yakunda 3 ta jamoa g‘oliblikni qo'lga kiritdi.
Mazkur tanlov doirasida 30 dan ortiq repertuarda hayotiy voqealar, eng sara asarlardan lavhalar namoyish etilgan bo‘lib, hozirda ular YouTube platformasiga joylashtirildi.
Endi o‘quvchilarimiz tomonidan ijro etilgan eng sara spektakllarni YouTube platformasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
