Germaniyalik sayyohlar uchun O‘zbekiston tumaniga navbatdagi sayohat tashkil etildi
2026-09-12 15:30:00 / Янгиликлар

O‘zbekiston tumanida sayyohlik va dam olishning madaniy meros, ziyorat, agroturizm va ekoturizm kabi turlari tobora rivojlanmoqda.
Hududlarining turistik jozibadorligi oshib, tumanimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimi ko‘paymoqda.
"Marcus travel" turistik firmasi bilan hamkorlikda tumanga germaniyalik sayyohlar uchun navbatga sayohat uyushtirildi.
Myunxen shahridan tashrif buyurgan sayyohlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta tayyorlash korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek Jamanjar qishlog‘idagi mohir hunarmand Muhabbatxon Gʻofurova asos solgan "Marhamatxon ustoz-shogird" kasb-hunarga o‘qitish markazidagi jarayonlar sayyohlarda ulkan taasurrotlar qoldirdi.








