“Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” — O‘zbekiston tumanida "Yoshlar kuni" yuqori kayfiyatda nishonlandi
2026-06-27 23:20:00 / Янгиликлар

30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” o‘yingohida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar festivali va katta gala-konsert minglab yoshlar hamda hamyurtlarimizni bir maydonga jamlab, chinakam bayram shukuhini yaratdi.
Bayram kechasida ishtirok etgan tuman hokimi Rasuljon Jo‘rayev so‘zga chiqib, barcha yoshlarni tantana bilan samimiy qutladi. Tuman rahbari o‘z nutqida yoshlarning mamlakatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, yigit-qizlarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsadlari yo‘lida qat’iyat va zafarlar tiladi.
Gala-konsert davomida tumanimizning iqtidorli va yosh ijodkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar festival
ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yoshlarning sevimli xonandalari Nodiraxon Subxonova, Doston Ergashev va “VIA Marokand” guruhlarining chiqishlari tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi.
Gala-konsert yakunida esa mushakbozlik namoyishlari barchada unutilmas taassurot qoldirdi.









