“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi doirasida tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik yo‘nalishi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-06-04 17:15:00 / Янгиликлар

"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik yo‘nalishi bo‘yicha tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir yoshlarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga keng jalb etish, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishga rag‘batlantirish, zamonaviy kasblarning nufuzini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Ta’kidlanganidek, kasbiy mahorat tanlovlari yoshlar uchun nafaqat bellashuv, balki tajriba almashish, yangi g‘oyalar ustida ishlash va o‘z imkoniyatlarini namoyon etish maydoni vazifasini o‘tamoqda.
Milliy tanlovi doirasida qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha ham bellashuvlar tasdiqlangan reja-grafik asosida davom ettirilmoqda.






