Xitoy investorlari O‘zbekiston tumanida xizmat ko‘rsatish va yirik savdo markazi barpo etishga katta qiziqish bildirmoqda
2026-05-18 18:40:00 / Янгиликлар

O‘zbekiston tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev Xitoyning “Jin Tai Ji” kompaniyasi rahbari Jin Zewyen va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.
Samimiy muloqot davomida O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, O‘zbekiston tumanida ham xitoylik sarmoyadorlar ishtirokida qator loyihalar yo‘lga qo‘yilayotgani, xorijiy investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar tufayli yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda tumanimizda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishda xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilish, xususan kompaniya tomonidan yirik savdo majmuasi tashkil etish loyihalari atroflicha muhokama qilindi. Loyihalarni amalga oshirishdagi aniq hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.




