Farg‘ona viloyatida yirik media loyiha — “Media haftalik”ka start berildi
2026-05-18 12:40:00 / Янгиликлар

Bugun Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona Expo” markazida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Media haftalik” loyihasiga start berildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi mas’ul xodimi Botir Gʻofurov, hamkor tashkilotlar vakillari, viloyatdagi ommaviy axborot vositalari bosh muharrirlari, hududiy telekanallar muxbirlari, jurnalistlar hamda media sohasi vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar ushbu media haftalik barcha ishtirokchilar uchun manfaatli va samarali bo‘lishiga ishonch bildirdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda amaliy treninglarda ishtirok etishni boshladilar.
18–22-may kunlari davom etadigan haftalik doirasida zamonaviy media, kontent yaratish, sun’iy intellekt, mobilografiya va SMM yo‘nalishlarida amaliy darslar, master-klasslar hamda ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Loyihada tajribali mutaxassislar, media sohasi vakillari, blogerlar va ijodkorlar faol ishtirok etmoqda.









