O‘zbekiston tumanida Xalqaro oila kuni keng nishonlandi
2026-05-15 15:05:00 / Янгиликлар

Yaypan shahridagi madaniy markazda 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan bayram tantanasi o‘tkazildi.
Unda tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, hamkor tashkilot va muassasalar vakillari, xotin-qizlar faollari, “Oqila ayol” harakati a’zolari, ibratli oilalar vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar barchani bugungi bayram bilan qutlashdi. Ta’kidlanganidek, 1994 yildan buyon har yili ushbu sana dunyoning deyarli barcha davlatlarida keng nishonlab kelinmoqda. Bu, oila institutining ahamiyatini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga e’tibor qaratish hamda oilalar farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yurtimizda ham oila institutini qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalarni rag‘batlantirish va barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilayotganiga alohida urg‘u berildi. Oila institutini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasida namuna bo‘layotgan oilalar esa munosib rag‘batlantirilmoqda.
Tadbir davomida tumanimizdagi bir guruh ana shunday namunali oila vakillariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.
"Oilamiz-kelajagimiz" mavzusida rasmlar tanlovi, milliy va betakror qadriyatlarimizni namoyish etuvchi ko‘rgazma va chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.
Xushovoz san’atkorlar tomonidan havola qilingan musiqiy dastur, kuy-qo‘shiq va raqslar esa tadbirga yanada fayz baxsh etdi.









