Ibratli oilalarga ehtirom ko‘rsatildi
2026-05-13 16:10:00 / Янгиликлар

Oila - jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.
15-Xalqaro oila kuni oldidan O‘zbekiston tumanida qator tadbirlar, amaliy ishlar va uchrashuvlar tashkillanmoqda.
Sana munosabati bilan “Tuyul” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham oila degan muqaddas maskanni asrab-avaylash, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan mustahkam birlikni ta’minlash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat va jamoat tashkilotlari, mahalladagi ibratli oilalar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida oilaviy tarbiya, mahalla hayotida faol ishtiroki, farzandlar ta’lim-tarbiyasi, xonadon va atrof muhitni obod etish borasida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh ibratli oilalar munosib e’tirof etildi.
Bu kabi uchrashuvlar yosh oilalar uchun hayotiy maktab vazifasini o‘taydi.






