Ayollar o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda
2026-04-25 20:30:00 / Янгиликлар

O‘zbekiston tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoalarda sport ruhini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda turli sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Xususan, mahallalardagi xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi musobaqa sportning voleybol turi bo‘yicha bo‘ldi.
Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi tashkillangan sport tadbirida dastlab ishtirokchilar gimnastrada mashqlarini bajardilar. So‘ngra jamoalar 6 ta guruhga bo‘lingan holda voleybol bahslarida o‘zaro bellashdilar.



