Xovos tumanida "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi
2025-10-29 14:50:00 / Янгиликлар

Bosib o'tilgan yo'l, yangi tashabbus va takliflar- Xovos tumanida "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Xovos tumani prokurori Xolbek Abdullayev yoshlar bilan muloqot qildi. Samimiyat va ochiqlikka asoslanib tashkil etilgan uchrashuvda dastlab Xolbek Abdullayev prokurorlikkacha bosib o'tilgan yo'l, tajriba to'plash va vatanga sadoqat haqida gapirib berdi.
Shundan so'ng yoshlar tomonidan yangi tashabbuslar va takliflar ilgari surildi. Ayniqsa "Yosh nazoratchilar" loyihasi prokuror va boshqa darajadagi tashkilot rahbarlarida qiziqish uyg'otdi. Ushbu loyihani takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi.
Yoshlar tomonidan tuman prokuraturasiga ekskursiya tashkil etish taklifi berildi va tuman prokurori ushbu taklifga xayrixohligini bildirdi va tez orada yoshlar prokuratura ish faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Bu kabi uchrashuvlar o'sib kelayotgan yosh avlodda vatanga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, davlat idoralariga aholi va yoshlarni yaqinlashtirishga katta yordam beradi.
Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati









