Xovos tumanida Ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni oldini olish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2025-07-30 12:45:00 / Янгиликлар

Xovos tumanida Ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni oldini olish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Unda, Xovos tuman ekologiya bo‘lim boshlig‘i Akmal Abduxoliqov, soha xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Dastlab, Akmal Abduxoliqov matbuot anjumani mavzusi bo‘yicha yig‘ilganlarga axborot berib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, Xovos tuman Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan 2025-yil 1- chorak davomida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun talabini bajarilishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabr kunidagi respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish daraxtlar muhofazasini yana-da samarali tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida PF-46 farmoniga asosan 2025-yil “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahor mavsumida Xovos tuman hududida jami 1065000 (bir million oltmish besh ming) dona turli hildagi mevali va manzarali ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda 1091000 (bir million to‘qson bir ming) dona ko‘chat ekilib % 102,46 foizga bajarilgan.
Xovos tumanida mavjud korxona va tashkilotlarning 20 tasidan atrof muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi yuzasidan maʼlumot va hisobotlar olindi va 241.2 mln kompensatsiya to‘lovlari undirildi
Shuningdek, qolgan korxonalarga tegishli tartibda ogohlantirish xatlari tarqatilgan va ulardan xam hisobotlarni qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda.
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun talabi buzilgan holatlarda inspeksiya xodimlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 2025-yil 1-chorak davomida Xovos tumanida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan jami 73 nafar fuqaroga nisbatan choralar ko‘rilgan.
Shundan atmosfera havosini muhofaza qilish yuzasidan O‘zbekiston respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik yaʼni 26 nafar fuqarolarga maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shundan, MJtKning 91-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik yaʼni chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan 41 nafar fuqaroga maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari 8 nafar fuqaroga O‘zbekiston respublikasi MJtKning MJtKning 79-moddasi 1-qismi va 4-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik yaʼni noqonuniy ravishda daraxtlarga kesish hamda yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Xovos tumani mahalla fuqarolar yig‘inlari, maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi, bundan tashqari Xovos tumani hududidagi g‘alla ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari to‘g‘risida fermer xo‘jaliklari va klasterlar ogohlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xovos tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limining 2025 yilning 1- chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6.24 moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman kengashiga taqdim qilindi.
Anjuman yakunida berilgan ma'lumotlar yuzasidan OAV vakillari mas'ullarga bir qator savollar bilan murojaat qilishdi. Mutasaddilar berilgan savollarga to‘liq javob berishdi.




