Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash — tizim barqarorligining asosi Xovos tumani soliq inspeksiyasida Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suh
2026-04-22 15:00:00 / Янгиликлар

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash — tizim barqarorligining asosi
Xovos tumani soliq inspeksiyasida Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat intizomini mustahkamlash hamda xodimlar orasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat nazorat, balki har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va kasbiy halolligiga ham bevosita bog‘liqdir. Ana shunday targ‘ibot tadbirlari tizimda sog‘lom muhitni mustahkamlash, fuqarolar ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
