Bugun, 10-fevral kuni Xovos tumanida hokim o‘rinbosari tomonidan xotin-qizlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar, mazkur tizimda joriy etilayotgan yangi yondashuvlar hamda muhim o‘zgarishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
2026-02-11 14:30:00 / Янгиликлар

Bugun, 10-fevral kuni Xovos tumanida hokim o‘rinbosari tomonidan xotin-qizlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar, mazkur tizimda joriy etilayotgan yangi yondashuvlar hamda muhim o‘zgarishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda Xovos tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul o‘rinbosari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan berilgan savollar asosida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, xotin-qizlar tizimida olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish ishlari yaqin kunlarda boshlanishi ta’kidlandi. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari tomonidan ham tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda tumanda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Matbuot anjumani yakunida xotin-qizlar masalalariga doir amalga oshirilayotgan islohotlar jamoatchilik va OAV bilan hamkorlikda yanada kuchaytirilishi qayd etildi.
