Ayollar va bolalar xavfsizligi — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
2026-03-31 18:30:00 / Янгиликлар

Ayollar va bolalar xavfsizligi — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
Mamlakatimizda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, erta nikoh va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3 martda qabul qilingan Farmoni bu yo‘nalishni mamlakatda davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilaydi.
Farmonga ko‘ra, 21 yoshdan kichik yoshda nikoh qilayotganlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar yo‘lga qo‘yildi. Yosh oilalar davlat ro‘yxatidan o‘tsa, ular subsidiya, ssuda va grantlardan 1,5 barobar ko‘p foydalanishi mumkin.
Shuningdek, 2026 yildan boshlab erta nikoh haqida xabar bergan shaxslarga jarimaning 15% miqdori rag‘bat sifatida beriladi, bu jamoatchilikning ham faol ishtirokini taʼminlaydi.
Homilador talaba-qizlar va 3 yoshgacha farzandi bor talabalar uchun taʼlimni davom ettirish imkoniyatlari kengaytirildi:
· Qatʼiyatli cheklovlarsiz o‘qishni tiklash;
· Akademik farqlarni to‘ldirish uchun qo‘shimcha muddat;
· Masofaviy taʼlim orqali oliy taʼlimni davom ettirish.
Bu choralar ayollarning bilim olish va kelajakda mustaqil bo‘lish huquqini himoya qiladi.
Erta nikoh va 16 yoshgacha homiladorlik holatlari haqida barcha muassasalar (maktab, sog‘liqni saqlash, mahalla va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) ichki ishlar va ijtimoiy xizmatlarga xabar berishi majburiy.
Shu bilan birga, “O‘smir-signal” elektron moduli va yagona axborot tizimi orqali maʼlumotlar integratsiya qilinib, tez va samarali harakat qilish imkoni yaratilmoqda.
· 2026 yildan “SOS” tugmasi orqali tez yordam ilovaci orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berish mumkin bo‘ladi;
· Jinsiy va oilaviy zo‘ravonlik holatlari uchun tergov va sud ishlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar olib boradi;
· Javobgarlik kuchaytirildi: qayta takrorlangan jinoyatlarda uzoq muddatli qamoq yoki hatto umrbod qamoq qo‘llanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda yangi 2026 yil 3 martda qabul qilingan farmon ayollar va bolalarni himoya qilish, erta nikoh va zo‘ravonlikka qarshi samarali choralar ko‘rishni davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilaydi. Shuningdek, yosh oilalar va talaba‑qizlarga qo‘shimcha imkoniyatlar berib, jamiyatda murosasiz munosabat muhitini shakllantirishga yordam beradi.
Rizomat Sadulloyev va Qo‘shmurod Maxamadjonov,
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchilari.
