Xovos tumani hokimi Qomus Yuldashevning tuman aholisiga MUROJAATI
2026-02-28 12:40:00 / Янгиликлар

Assalomu alaykum, hurmatli Xovosliklar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil
5 fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, hududlardagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan “og‘ir” tuman, “og‘ir” toifadagi mahallalarni rivojlantirish va aholi tomorqalari hamda ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, sug‘orish tizimlarini yaxshilash, tadbirkorlik uchun qulay infratuzilmani yaratish, jumladan, elektr va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, mahallalarni tuman markaziga hamda boshqa tutash tuman (shahar)larga bog‘lovchi yo‘llarni yaxshilash bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, Xovos tumanida “Og‘ir” tuman Dasturi doirasidagi tadbirkorlikga zarur infratuzilma bilan taʼminlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tumanga jami 60.0 mlrd so‘m mablag‘lar Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilishi belgilab olindi.
Xovos tumanidagi kambag‘allik va ishsizlik darajasi tuman ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lgan sharoiti og‘ir “Afrosiyob”, “Binokor”, “Buston”, “Qaxramon”, “Mustaqillikning 25 yilligi”, “Paxtakor” va “Xusnobod” mahallalari tanlab olindi. Mazkur mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun har bir mahallaga 3,0 mlrd.so‘mdan jami 21 mlrd so‘m mablag‘lar Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilishi belgilab olindi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan yuqorida nomi keltirib o‘tilgan mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaratish va yangi ish o‘rinlari barpo etish maqsadida ichki yo‘llar infratuzilmasini yaratish uchun 19,7 km beton-asfalt qoplamasi yotqizish,
390 dona ko‘cha chiroqlari o‘rnatish, 107 dona beton ustunlarini o‘rnatish, 5.8 km Elektr energiya tarmog‘i tortish, 5 dona transformator o‘rnatish, 13.9 km lotok tarmog‘i tortish, 3 dona tik quduq o‘rnatish ishlarini amalga oshirish belgilab olindi.
Bundan tashqari tumanning markaziy ko‘chasida 24/7 tunu-kun ishlaydigan ko‘chani zamonaviy qiyofaga ketirilib yangitdan 20 maga yaqin tadbirkorlik subyektlari paydo bo‘ladi va axoliga qulay imkrniyatlar, shart-sharoitlar yaratiladi.
Natijada mavjud muammolarni bartaraf etish orqali 28 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi, 42 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilinadi, 100 nafar aholi daromadi oshiriladi, byudjetga yillik tushum 3,0 mlrd.so‘mga yetkaziladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ajratib berilgan ushbu mablag‘lar yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasidir desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur eʼtibor va g‘amxo‘rlik, avvalo, aholi turmush darajasini yana-da yuksaltirish, hududlarni jadal rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda barqaror ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa ushbu mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yana-da mustahkamlab, ularning taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi, ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantirishga turtki beradi.
Yaratilayotgan ushbu imkoniyat va shart-sharoitlar uchun barcha Xovosliklar nomidan davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildiraman.
