Mexanizatorlar mehnati e’tirof etildi
2025-06-24 18:40:00 / Янгиликлар
Uchqo‘rg‘on tumanida joriy yil g‘o‘za hosili uchun 7819 gektar maydonda parvarish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda qator oralariga ishlov berish va kultivatsiya kabi agrotexnik tadbirlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, Sohil tantanalar saroyida mexanizator bir joyga yig‘ildi. Tadbir davomida ular uchun samimiy muhitda «bir piyola choy» tashkil qilindi.
Ushbu tashabbus doirasida mexanizatorlarga kundalik mehnati, fidoiyligi va mas’uliyatli yondashuvi uchun un, yog‘ va pul mablag‘lari ko‘rinishida moddiy yordam ham taqdim etildi.









