Uchko‘prik tumani hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-10-08 18:50:00 / Янгиликлар

Uchko‘prik tumani hokimi Qodirjon Erkaboyev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlar kuni tadbirlari doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot avvalida oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ehtiyojmand oilalar vakillarini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalangan holda puxta bilim egallash, Vatanimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning taklif, tashabbus va muammolari ham o‘rganildi.


