Yoshlar "Katta qashqar" mahallasida tashkil etilgan issiqxona loyihalari bilan tanishdi
2026-07-09 10:25:00 / Янгиликлар
Ijara asosida ajratilgan yerlarda limonchilikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlar “Katta Qashqar” mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash hamda limonchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan issiqxona loyihalari bilan tanishdi.

Vazirlar Mahkamasining "Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, yoshlar uchun ijaraga berilgan 6 gektar yer maydonida 26 ta issiqxona qurildi.
Mazkur issiqxonalarga 4 ming tupga yaqin serhosil limon ko‘chatlari ekilib, bosqichma-bosqich issiqxonalar sonini va hosildorlikni oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Limon ko‘chatlari hosilga kirgunga qadar sabzavot va poliz ekinlari ekilib, qo‘shimcha daromad olinmoqda. Bugungi seminarda ayni tajribani boshqa hududlarda ham ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

