Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-03-27 12:35:00 / Янгиликлар
“Yoshlar kuni” doirasida tumandagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida “Mehrigiyo” korxonasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tashkillangan mehnat yarmarkasida 120 nafar yoshlar ishtirok etib, “Mehrigiyo” korxonasidagi ish jarayoni bilan tanishdilar.
Tadbir davomida "Mehrigiyo" korxonasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tarmog‘ida ro‘yxatga olingan yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari taklif etildi.
Qiziqish bildirgan 30 nafardan ziyod yoshlar suhbat jarayonidan o‘tib, bir haftalik o‘quv dasturini yakunlab, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, korxonaga ishga joylashtirilishi bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.


