“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
2026-01-29 10:20:00 / Янгиликлар

Haftalik doirasidagi tadbirlar kriminogen vaziyati og‘ir, uch va besh yildan buyon "qizil" toifada qolayotgan, ayollar, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar jinoyatchiligi hamda sudda nizolashayotgan oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalarda tashkil etilmoqda.
“Turg‘oq” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi, adliya, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilayotgan kunlik o‘rganishlar davomida ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslar bilan tizimli ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, haftalik doirasida mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi hamda tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ehtiyojmand oilalar vakillari, xotin-qizlar va bolalar jarroh, ginekolog, pediatr, oftolmolog, nevrapatolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolarga zarur tavsiyalar berildi, kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar va bolalarga bepul davolanishlari uchun yo‘llanmalar olishda ko‘maklashildi.


