Korrupsiyaga qarshi kurashish - ustuvor masala
2025-07-14 10:55:00 / Янгиликлар

Shumanay tumani hokimligining majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi Ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov, Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari A.Bekmuratov, tegishli idora va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilishning asosiy maqsadi - korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ishlarni kuchaytirish, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik va vijdonlilik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan edi.
Yig‘ilish davomida soha mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida barcha tashkilot rahbarlariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi va bu boradagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
