Shumanay yoshlari bilan ochiq suhbat
2025-07-17 09:20:00 / Янгиликлар

2025-yil 16-iyul kuni Shumanay tumani Madaniyat markazi binosida tumanimiz yoshlari hamda yuqori o‘quv yurtlarining mas’ul vakillari ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni tuman hokimining o‘rinbosari A. Bekmuratov ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda bandligini ta’minlash bugungi kunning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari vakillari yoshlar uchun mavjud grant dasturlari, kirish imtihonlari, ta’lim yo‘nalishlari va ularni tanlashdagi muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ular orasida xorijiy tilni o‘rganish imkoniyatlari, stipendiya olish shartlari, onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish, hamda kelgusidagi ishga joylashish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bunday uchrashuvlar ularning kelajakdagi rejalari va tanlovlarini aniq belgilashda katta ahamiyat kasb etishini qayd etishdi.
