Shumanay tumanida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-07-20 15:45:00 / Янгиликлар

2025-yil 19-iyul kuni Shumanay tumani "Aybuyir" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mahalla yoshlarining ishtirokida ochiq va erkin muloqot tarzida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Shumanay tumani hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, asosan ta’lim, bandlik, sport, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi fikr-mulohazalarini bevosita hokimga bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tuman hokimi har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriqlar berdi. Bunday uchrashuvlar yoshlar faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uchrashuv yakunida yoshlar ko‘rsatilgan e’tibor va yaratilgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi.
