📢 FUQAROLAR UCHUN NAVBATDAGI QABUL
2026-08-10 17:55:00 / Янгиликлар

🗓 12-avgust chorshanba kuni
⏰ Soat 10:00 da
👤 Rishton tumani hokimi tomonidan
📍 Manzil: Xalq qabulxonasi
Navbatdagi qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari bevosita tinglanadi. Har bir masala atroflicha o‘rganilib, qonun doirasida amaliy yechimlar yuzasidan tushuntirishlar beriladi.
Agar sizni qiynayotgan muammo yoki hal etilishini kutayotgan masala bo`lsa — ushbu qabul aynan siz uchun.
🗣 Keling, muammolarni birgalikda hal qilaylik!

