Qo‘shtepa tumanida yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Umummilliy diktant” tashkil etildi
2026-10-19 12:10:00 / Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi.
Diktant jarayonida ishtirokchilar “Ona tili — millatning yuragi” mavzusidagi matn asosida o‘z bilim va savodxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur tadbir yoshlar yetakchilarining imlo qoidalariga rioya qilish, yozma nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ona tilimiz - millatimizning bebaho boyligi





