Faxriy ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
2026-09-26 15:30:00 / Янгиликлар
Qo‘shtepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi tomonidan uzoq yillar davomida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib, maktab rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar holidan xabar olindi.
Maktab direktori Muzaffarjon Qodirov boshchiligidagi ustozlar xonadonlarga tashrif buyurib, uzoq yillar samarali mehnat qilgan, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tashrif davomida faxriy ustozlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik mehnati va yosh avlod kamolotiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.



