Ayolga ehtirom - millat kelajagiga ehtirom!
2026-06-12 16:40:00 / Янгиликлар
Qo‘shtepa tumani Markaziy madaniyat uyida "Ayolga ehtirom - millatga ehtirom" shiori ostida otinoyilarning viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda otinoyilar va hamkor tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Yusupov ishtirok etib, xotin-qizlarning ma’naviy tarbiyadagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, "Onalarga ehtirom" oyligi doirasida faol xotin-qizlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






