Yoshlar murojaatlari ijrosi qatʼiy nazoratda
2026-05-07 20:50:00 / Янгиликлар
Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev rahbarligida Yoshlar masalalarini muvofiqlashtirish shtabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari” davomida bildirilgan murojaatlar ijrosiga bagʻishlangan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda yoshlar tomonidan koʻtarilgan muammolarni tizimli hal etish, murojaatlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan masʼullar hisobotlari tinglandi.
Tahlillar davomida ayrim tashkilot va mutasaddilar tomonidan murojaatlar ijrosida sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani, yoshlar muammolariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagani keskin tanqid qilindi.
Tuman rahbari tomonidan har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani alohida taʼkidlanib, masʼul rahbarlarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, ijro intizomini kuchaytirish, yoshlar bilan manzilli ishlash hamda muammolarni joyida hal etish boʻyicha qatʼiy talablar qoʻyildi.




