Piskent tumanida yana bir xavfli chorrahada svetofor o‘rnatildi
2026-07-20 10:30:00 / Йўл ҳаракати қоидалари

Piskent tumanida yana bir xavfli chorrahada svetofor o‘rnatildi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari doirasida tumanimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.
Yo‘l-transport hodisalari tahlili hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumandagi qizil toifaga kiritilgan hududdan o‘tuvchi 10V105 “Piskent tumani – Muratali qishlog‘i – Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 5-kilometridagi chorrahaga zamonaviy svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
Mazkur svetofor transport vositalari va piyodalarning harakatini tartibga solish, tirbandliklarning oldini olish hamda avariya xavfi yuqori bo‘lgan chorrahada harakat xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qiladi.




