Oltiariq tumanida pillakorlar shartnoma rejasini muvaffaqiyatli bajardi
2026-06-08 13:00:00 / Янгиликлар
Oltiariq tumani pillakorlari joriy mavsumda pilla yetishtirish bo‘yicha belgilangan shartnoma rejasini muvaffaqiyatli ado etib, munosib natijalarga erishdi.

Mavsum davomida tumandagi fermer xo‘jaliklari hamda kasanachilarga inkubatorlar orqali 2 881 quti ipak qurti tarqatildi.
Natijada tumanda 173 tonna pilla hosili yetishtirilib, belgilangan shartnoma majburiyatlari to‘liq bajarildi.






