Oltiariq tumani Toshkent MFYda tuman hokimi va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.
2026-03-12 15:00:00 / Янгиликлар

Uchrashuvda tuman hokimi Sh.Turdaliev, tuman prokurori R.Tillaev, tuman IIB boshlig‘i I.Sotvoldiev ishtirok etib, mahalla yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdilar. Suhbat davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, "Sayyor qabul" o‘tkazilib, yoshlarning murojaatlari tinglandi. Xususan, bank krediti, ishga joylashish, tadbirkorlikni kengaytirish, huquqiy masalalar hamda salomatlikni tiklash bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi.
Murojaatlarning yechimini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga vazifalar yuklatildi.
