xalqaro aloqalar
2026-02-03 09:30:00 / Янгиликлар

Malayziyaning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Datuk Siri Mohammad Bin Sabu boshchiligidagi delegatsiya Oltiariq tumanida joylashgan "Nirt fruit" fermer xoʻjaligiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Oltiariq tumanida yetishtirilayotgan qishloqxo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda viloyatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik korxona rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarimiz tomonidan Malayziya davlatiga qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bilan bogʻliq savollariga javob olishdi.
