14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni
2026-01-13 10:50:00 / Янгиликлар

Bayram tadbirida hokimlik, Mudofaa, xuquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, zahiradagi harbiylar va yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Gʻofurov bayram tabrigini yo‘lladi.
Tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A.Muratov milliy armiyamiz hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi.
Tuman hokimligi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar va mudofaa bo‘limi xodimlariga "Tashakkurnoma" va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi namoyish qilindi.
Oltiariqlik taniqli san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.
