Xalqaro hamkorlik
2026-02-12 14:10:00 / Янгиликлар

⚡️ MARHAMAT TUMANIDA 5 MLN DOLLARLIK YANGI ENERGETIKA LOYIHASI
Marhamat tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasida navbatdagi istiqbolli qadam tashlandi. Bugun tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamda Turkiyaning “N1 EFFECTIVE ENERGY” MCHJ direktori Atakan Golluoglu o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi tumanda zamonaviy Mikro Gidroelektrstansiyasi (Mikro GES) qurish loyihasini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha MEMORANDUM imzolandi.
Loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari:
• Investitsiya miqdori: 5 million AQSH dollari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya);
• Loyiha quvvati: 5 Megavatt;
• Maqsad: Tumandagi mavjud suv resurslaridan samarali foydalangan holda, ekologik toza va arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Ushbu loyiha nafaqat tumanning energiya xavfsizligini ta’minlashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qiladi. Tuman hokimi loyihani qisqa muddatlarda hayotga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
