«Zarqand» to‘y servisining nozu ne’matlari yurtdoshlarimizning quvonchli kunlarini yanada totli etadi
2025-08-15 20:25:00 / Янгиликлар

Shonli Mustaqilligimizning qutlug‘ 34 yilligi arafasida Marg‘ilon shahrida yana bir yangi ob’yekt - «Zarqand» to‘y servis xizmati ochildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, nuroniy otaxonlar hamda aholi vakillari ishtirok etishdi.
Hamshaharlarimizning to‘yu tantanalarini hamyonbop narxlardagi turli shirinliklar hamda nozu ne’matlar bilan bezab beradigan ushbu xizmat servisi marg‘ilonlik mashhur qandolatchi Anvarjon otaning munosib avlodi, 4-avlod vakili Ahmadjon Ismoilov hamda tadbirkor Mahmudjon Salimovlar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Ushbu to‘y servisi hududida «Aqlli bekat» ham tashkil etilgan bo‘lib, unda fuqarolar turli xildagi kitoblarni mutolaa qilishlari ham mumkin bo‘ladi.




