Samarqandda “Technical Exchange Week” xalqaro texnik almashinuv haftaligi boshlandi
2026-07-16 11:00:00 / Янгиликлар

Samarqandda “Technical Exchange Week” xalqaro texnik almashinuv haftaligi boshlandi
🗓15–19-iyul kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligida kasb-hunar taʼlimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga qaratilgan “Technical Exchange Week” xalqaro texnik almashinuv haftaligi oʻtkazilmoqda.
🤝 Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu tashabbus orqali malakani baholash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
📚 Haftalik davomida koreyalik ekspertlar amaliy trening va master-klasslar oʻtkazadi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.
Bu esa fuqarolarning kasbiy salohiyatini oshirish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
