Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-24 15:05:00 / Янгиликлар

Kun tartibida 15 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi, aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish, inflyasiyani jilovlash, mahalliy byudjet ijrosi, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash, Prezident Xalq qabulxonasi, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.
📶Xususan, sessiyada tuman hokimining murojaati, 9 ta hisobot, 1 ta axborot, 1 ta nazorat-tahlil masalasi hamda Kengash vakolati doirasidagi 4 ta qaror ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
✔️Sessiya yakunida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
✨ Ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida sessiya jarayoni ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli tarizda yoritib borildi.









